JASET

SUN’IY INTЕLLЕKT SOHASIDA AQSH VA XITOY RAQOBATINING ZAMONAVIY XUSUSIYATLARI

Authors

  • O`ktamova Kumush O`ktamovna

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Tayanch doktoranti
    Author

Keywords:

AQSH, Xitoy, sun`iy intellekt, texnologik raqobat, raqamli geosiyosat, yarim o`tkazgichlar sanoati, innovatsiyalar, texnologik suverenitet, raqamli iqtisodiyot, ekotizimlar raqobati.

Abstract

AQSH va Xitoy yuqori texnologiyalar sohasidagi global yetakchilik uchun kurashayotgan ikki asosiy davlat hisoblanadi. Ushbu raqobat endi faqat texnologiya yoki biznes manfaatlari bilan cheklanmay, balki milliy xavfsizlik, iqtisodiy barqarorlik, geosiyosiy ta’sir va xalqaro tartibot masalalari bilan ham chambarchas bog`lanib ketdi. Har bir mamlakat asosiy texnologik jabhalarda hukmronlik qilishga intiladi, bunda nafaqat iqtisodiy foyda, balki geosiyosiy ta'sir ko'rsatish imkoniyatini ham ko'radi. AQSH tomonidan yuqori samarali chiplar eksportiga nisbatan cheklovlarning kuchaytirilishi va Xitoyning texnologik mustaqillikka intilishi bu raqobatning yangi bosqichga chiqqanini ko`rsatmoqda. Ushbu tezisda sun’iy intellekt sohasida AQSH va Xitoy o`rtasidagi raqobatning zamonaviy xususiyatlari tahlil qilingan. Tahlil davomida texnologik suverenitet, raqamli geosiyosat, innovatsion ekotizimlar raqobati, yarim o`tkazgichlar sanoati, harbiy sohada sun`iy intellekt texnologiyalarining qo`llanilishi hamda global texnologik yetakchilik uchun kurashning asosiy yo`nalishlari o`rganilgan.

Downloads

Published

2026-06-04