TURKIY XALQLARNING KO‘CHISH TARIXI VA TARQALISHI: TARIXIY VA MADANIY TAHLIL
Keywords:
turkiy xalqlar, ko‘chish tarixi, Markaziy Osiyo, madaniy almashinuv, tarixiy jarayon, siyosiy tizim, iqlim omillari.Abstract
Ushbu ilmiy tezisda turkiy xalqlarning ko‘chish jarayoni tarixiy, ijtimoiy va madaniy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda Markaziy Osiyoda shakllangan ko‘chmanchilik madaniyati, tabiiy-iqlimiy omillar, aholi zichligi, siyosiy bosimlar va iqtisodiy ehtiyojlarning ko‘chishlarga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, turkiy xalqlarning g‘arbiy, sharqiy, janubiy va shimoliy yo‘nalishlardagi harakatlari, bu jarayonlar natijasida yuzaga kelgan madaniy almashinuv va yangi siyosiy tizimlarning shakllanishi ilmiy asosda tahlil etilgan. Tezis natijalari turkiy xalqlar ko‘chishlarining bosqichma-bosqich rivojlanishi: Iskitlar, Hunlar, Ko‘kturklar, Uyg‘urlar, Qoraxoniylar, G‘aznaviylar, Saljuqlar va Usmonlilar davrlarida yuz bergan tarixiy jarayonlar orqali izohlangan. Ushbu jarayonlar natijasida turkiy xalqlar uch qit’aga: Osiyo, Yevropa va Afrikaga tarqalgan hamda keng madaniy-siyosiy ta’sir ko‘rsatgan. Tezisda tarixiy manbalar, arxeologik topilmalar va lingvistik ma’lumotlar tahliliga asoslanilgan bo‘lib, natijada turkiy xalqlarning ko‘chishlari ularning madaniy merosi, diniy e’tiqodi va ijtimoiy tizimlari shakllanishida muhim omil bo‘lganligi aniqlangan.