IJTIMOIY TARMOQLARNING INSON FAOLIYATIGA TASIRING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Keywords:
ijtimoiy tarmoqlar, psixologik ta’sir, shaxs rivoji, virtual muloqot, ijtimoiy taqqoslash, axborot madaniyati, virtual identifikatsiya.Abstract
Ushbu maqolada ijtimoiy tarmoqlarning inson faoliyatiga, xususan, shaxsning bilish, emotsional va ijtimoiy sohalariga ta’sirining psixologik xususiyatlari yoritilgan. Muallif tomonidan xorijiy va mahalliy olimlarning tadqiqotlari (Sh. Turkle, L. Festinger, A. Bandura, N. To‘xtasinova, Z. Mamarasulova va boshqalar) tahlil qilinib, ijtimoiy tarmoqlarning shaxs rivojiga ijobiy va salbiy ta’sir omillari ilmiy asosda o‘rganilgan. Shuningdek, virtual muloqot, ijtimoiy taqqoslash, o‘zini ifoda etish va virtual identifikatsiya jarayonlarining shaxs ruhiyatiga ta’siri yoritilgan. Maqolada shaxsning ijtimoiy tarmoqlardagi faolligini psixologik jihatdan boshqarish, axborot gigiyenasini shakllantirish va raqamli psixologiya madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha takliflar berilgan.