JASET

ILMIY MATNDA SUBYEKTIV MUNOSABAT IFODASI (INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARI MISOLIDA)

Authors

  • Sobirova Intizor Muhammatqulovna

    Navoiy viloyati Navoiy shahar 15-IDUM maktabi ingliz tili fani o'qituvchisi
    Author

Keywords:

subyektiv munosabat, ilmiy diskurs, ingliz tili, o‘zbek tili, modallik, hedging, boosting

Abstract

Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillarida ilmiy matnda subyektiv munosabatning ifodalanish xususiyatlari lingvopragmatik jihatdan tahlil qilinadi. Ilmiy diskursning obyektivlik tamoyiliga zid bo‘lmagan holda muallifning shaxsiy pozitsiyasi, qarashlari va baholari qanday ifodalanishi masalasi ko‘rib chiqiladi. Ingliz tilidagi ilmiy matnlarda “hedging” va “boosting” strategiyalarining qo‘llanishi, o‘zbek tilida esa modallik vositalari, baholovchi birliklar va shaxsiy ishtirokni bildiruvchi iboralar orqali subyektivlikning namoyon bo‘lishi tahlil etiladi. Qiyosiy yondashuv orqali har ikki tilga xos pragmatik va stilistik vositalar ko‘rsatilib, ilmiy nutqda subyektiv munosabatning ahamiyati yoritiladi.

Downloads

Published

2025-10-05