TIL VA MADANIYAT MUNOSABATINING LINGVOMADANIY TALQINI (“MEHMON” KONSEPTI MISOLIDA)
Keywords:
til, madaniyat, lingvomadaniyatshunoslik, konsept, konseptosfera, milliy olam manzarasi, “mehmon” konsepti, madaniy kod, konnotatsiya.Abstract
Tadqiqotda til va madaniyat o‘rtasidagi munosabatning nazariy taraqqiyoti hamda ushbu aloqani “mehmon” konsepti misolida lingvomadaniy tahlil qilish tamoyillari yoritiladi. Ishning maqsadi tilni madaniyatning oddiy aks-sadosi sifatida talqin etuvchi biryoqlama qarashlardan chekinib, ularning o‘zaro ta’siri, nisbiy mustaqilligi va tarixiy-madaniy shartlanganligini birlashtiruvchi metodologik modelni asoslashdan iborat. Tarixiy-nazariy, tizimli, konseptual, kontekstual, komponent va diaxron-sinxron tahlil usullaridan foydalanildi. Natijada til va madaniyat aloqasi, avvalo, semantik, konseptual hamda kognitiv sathlarda yuzaga chiqishi, konseptning tushunchaviy, obrazli va aksiologik qatlamlari esa milliy tajribani bir butun shaklda saqlashi aniqlandi. “Mehmon” konseptini tizimlilik, stereotiplashuv, milliy-madaniy konnotativlik va tarixiy uzluksizlik mezonlari asosida o‘rganish o‘zbek xalqining mehmondo‘stlik, hurmat, saxovat va ijtimoiy mas’uliyat haqidagi qarashlarini ochib berishi ko‘rsatildi.