YOSHLAR O‘RTASIDA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISHNING DOLZARB MASALALARI
Keywords:
yoshlar, huquqbuzarlik, profilaktika, huquqiy ong, huquqiy madaniyat, jinoyatchilikning oldini olish, tarbiya, oila, mahalla, ta’lim muassasasi, huquqiy targ‘ibot, ijtimoiy muhit.Abstract
Mazkur maqolada yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishning dolzarb masalalari, ularning kelib chiqish sabablari hamda profilaktik choralar tizimi tahlil qilinadi. Bugungi kunda yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularni turli salbiy illatlardan asrash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish jamiyat taraqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada ta’lim muassasalari, oila, mahalla va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning yoshlar tarbiyasidagi hamkorligi yoritiladi. Shuningdek, yoshlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olishda profilaktik suhbatlar, huquqiy targ‘ibot, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda zamonaviy pedagogik yondashuvlardan foydalanishning samaradorligi asoslab beriladi.