MANTIQ: O‘ZBEK TILLI BOLALARDA NUTQ VA KOGNITIV RIVOJLANISHNI MONITORING QILISHGA YO‘NALTIRILGAN PLAY TO-LEARN MOBIL PLATFORMASI
Keywords:
mobil ilova, nutq rivojlanishi, kognitiv monitoring, Play-to-Learn, gamifikatsiya, EdTech, O‘zbekiston, sun’iy intellekt, logopediya, AKT ta'limda.Abstract
Ushbu maqolada 4 yoshdan 8 yoshgacha bo‘lgan bolalarda nutq nuqsonlarini erta aniqlash va kognitiv qobiliyatlarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi “Mantiq” mobil ilovasi konsepsiyasi tahlil qilinadi. Tadqiqotda O‘zbekistondagi maktabgacha yoshdagi bolalar uchun milliy va madaniy jihatdan moslashtirilgan raqamli resurslar taqchilligi muammosi ko‘tarilgan. Platforma gamifikatsiya tamoyillariga asoslangan to‘rtta asosiy modulni (Grammatika, Lug‘at, Boshqotirma va Rivojlanish) o‘z ichiga oladi. Maqolada platformaning dasturiy arxitekturasi, biznes-modeli va kelajakdagi istiqbollari, xususan, sun’iy intellekt (AI) yordamida nutqni tahlil qilish va disleksiyani erta diagnostika qilish tizimlari batafsil bayon etilgan. Bozor tahlili shuni ko‘rsatadiki, “Mantiq” loyihasi O‘zbekistondagi 5 milliondan ortiq maktabgacha yoshdagi bolalar va ularning ota-onalari uchun o‘ta dolzarb yechim hisoblanadi.