AVTONOM YO’L TEKISLOVCHI (GREYDER) MASHINALARINING GIDRAVLIK YURITMALARINI RAQAMLI BOSHQARISH USULLARI
Keywords:
avtonom greyder, gidravlik yuritma, raqamli boshqaruv, PWM (impulslarni kenglik bo‘yicha modulyatsiya qilish), ishchi pichoq (otval), raqamli PID regulyatori, elektro-gidravlik boshqaruv, pozitsion aniqlik, dinamik xarakteristika.Abstract
Ushbu tezisda avtonom yo‘l tekislovchi (greyder) mashinalarining ishchi organlari va harakat uzatmalarida qo‘llaniladigan gidravlik yuritmalarini raqamli boshqarish usullari tadqiq etiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi gidravlik tizimlarning chiziqli bo‘lmagan dinamik xususiyatlarini inobatga olgan holda, ishchi pichoqning (otval) pozitsion aniqligini millimetrli darajaga yetkazuvchi algoritmlarni ishlab chiqishdir. Maqolada gidravlik klapanlarni impulslarni kenglik bo‘yicha modulyatsiya qilish (PWM) usuli orqali boshqarish va raqamli PID regulyatorlarini adaptiv filtrlash usullari bilan integratsiyalash masalalari tahlil qilingan. Taklif etilayotgan raqamli boshqaruv modellari an’anaviy analog tizimlarga nisbatan gidravlik yuritmalarning javob qaytarish tezligini oshirish va energiya sarfini optimallashtirish imkonini beradi. Olingan natijalar yo‘l qurilishida "aqlli" greyderlarni yaratish va ularning texnologik jarayonlardagi avtonomlik darajasini oshirishda nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.