JASET

MISSIONERLIK FAOLIYATINING RAQAMLI MUHITGA KO‘CHISHI

Authors

  • Jo‘raqulov Shokirjon

    Qiyosiy dinshunoslik yo‘nalishi, 2-kurs magistranti O‘zbekiston Xalqaro Islomshunoslik Akademiyasi
    Author

Keywords:

missionerlik, raqamli din, digital religion, religion online, online religion, mediatizatsiya, ijtimoiy tarmoqlar, diniy autoritet, kibermakon, yoshlar virtual auditoriyasi.

Abstract

Mazkur maqolada missionerlik faoliyatining raqamli muhitga ko‘chishi dinshunoslik, media tadqiqotlari va kommunikatsiya nazariyalari kesishgan nuqtada tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi missionerlikning internet va ijtimoiy tarmoqlarga o‘tishini oddiy texnik almashinuv sifatida emas, balki diniy kommunikatsiyaning mazmuni, shakli, auditoriyasi va ta’sir mexanizmlarini qayta belgilagan ijtimoiy-madaniy transformatsiya sifatida izohlashdan iborat. Tahlil jarayonida Heidi Campbell va Ruth Tsuria tomonidan ishlab chiqilgan digital religion yondashuvi, Christopher Hellandning religion online va online religion farqlanishi, Stig Hjarvardning dinning mediatizatsiyasi haqidagi nazariyasi, shuningdek, kibermakonning tarixiy shakllanishi, ijtimoiy tarmoqlarning platforma logikasi, diniy autoritetning raqamli muhitda o‘zgarishi va missionerlikning yangi kommunikativ shakllari ilmiy umumlashtiriladi. Maqola natijasida missionerlikning raqamli muhitga ko‘chishi yangi texnologiyadan foydalanish emas, balki diniy da’vatning media mantig‘i, interaktivlik, algoritmik ko‘rinuvchanlik va auditoriya bilan doimiy aloqaga tayanuvchi yangi model asosida qayta tashkil topishi ekani asoslanadi.

Downloads

Published

2026-04-23