JASET

PROPARGIL EFIRLARNING AMINOMETILLANISH REAKSIYASIGA TURLI OMILLARNING TA'SIRI

Authors

  • Nuraliyev S.R.,

    Navoiy Davlat Universiteti
    Author
  • Xamroyev K.Sh.,

    Navoiy Davlat Universiteti
    Author
  • Mirzoyeva A.M.

    Navoiy Davlat Universiteti
    Author

Keywords:

propargil efir, aminometillanish, formaldegid, amin, erituvchi, organik sintez.

Abstract

Mazkur maqolada propargil efirlarning aminometillanish reaksiyasiga turli fizik-kimyoviy omillarning ta’siri ilmiy jihatdan tahlil qilindi. Reaksiya jarayonida erituvchi muhiti, harorat, amin tabiatining elektron xususiyatlari hamda formaldegid miqdorining mahsulot chiqishiga ta’siri o‘rganildi. Aniqlanishicha, reaksiya unumdorligi erituvchi tabiatiga va harorat parametrlariga sezilarli bog‘liq bo‘lib, optimal sharoitda aminometillangan mahsulotlarning yuqori chiqishi kuzatildi. Tadqiqot natijalari propargil hosilalar asosida yangi azot tutuvchi organik birikmalar sintezi uchun muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Downloads

Published

2026-04-15