EKOLOGIYA HOLATINI YAXSHILASH BORASIDAGI HARAKATLAR
Keywords:
Ekologik holat , atrof-muhit muhofazasi, ekologik muammolar, jamoatchilik ekologik nazorati, ekologik madaniyat , ekologik ong , biosferaning o‘zgarishi, radioaktiv chiqindilar , mayli-suv muammosi , ekologik barqarorlik.Abstract
Ushbu maqola Oʻzbekiston Respublikasida ekologik holatni yaxshilash, atrof-muhitni muhofaza qilish va jamoatchilik ekologik nazoratining ahamiyatiga bagʻishlangan. Unda inson faoliyati natijasida biosferada yuz berayotgan o‘zgarishlar, tabiiy resurslarning kamayishi hamda ekologik muammolarning kuchayishi yoritilgan. Tadqiqotda aholi ekologik madaniyati, ekologik ong darajasi va jamoatchilikning atrof-muhitni muhofaza qilishdagi ishtiroki sotsiologik so‘rov natijalari asosida tahlil qilingan. Ekologik barqarorlikni ta’minlashda mahalla, oila va ta’lim tizimining roli muhim ekani asoslab berilgan. Shuningdek, Markaziy Osiyoda mavjud radioaktiv chiqindilar muammosi, ayniqsa Mayli-suv hududidagi uran chiqindilarining Farg‘ona vodiysi ekologiyasiga xavfi ko‘rsatib o‘tilgan. Transchegaraviy ekologik muammolarni hal qilishda davlatlararo hamkorlik zarurligi ta’kidlangan. Maqolada ekologik nazoratni kuchaytirish, aholi mas’uliyatini oshirish hamda ekologik xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha amaliy takliflar ilgari surilgan.