JASET

MUSTAQIL TA’LIM KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH VA TAKOMILLASHTIRISHDA INTEGRATIV YONDASHUVNING ROLI

Authors

  • Saidova Zilola Urakovna

    O‘zbekiston Jurnalistika va Ommaviy Kommunikatsiyalar Universiteti Xorijiy tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi
    Author

Keywords:

integratsiya, refleksiya, avtonomiya, o‘z-o‘zini rag‘batlantirish, mustaqil ta’lim, kompetensiyalar, jurnalistika.

Abstract

Mazkur maqolada jurnalistika ta’limida mustaqil ta’limning ilmiy-nazariy asoslari yoritilib, uni integrativ pedagogik yondashuv asosida takomillashtirish yo‘llari tahlil qilinadi. Mustaqil ta’lim oliy ta’lim tizimini isloh qilish jarayonida, ayniqsa ijodiy va amaliy yo‘naltirilgan sohalar, jumladan jurnalistika ta’limida muhim tarkibiy qismga aylanib bormoqda. Tadqiqotda mustaqil ta’limning konseptual modeli tahlil qilinib, jurnalistika o‘quv dasturlarida uni tashkil etishning metodologik tamoyillari aniqlanadi hamda kognitiv, texnologik va kasbiy kompetensiyalarni uyg‘unlashtiruvchi integrativ strategiyalar yoritiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, mustaqil ta’lim topshiriqlarini jurnalistika fanlariga integratsiya qilish talabalar tanqidiy fikrlashi, ijodkorligi va kasbiy mustaqilligini rivojlantiradi.

Downloads

Published

2026-03-13