JASET

TA’MINOT ZANJIRI BOSHQARUVIGA KIRISH VA UNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Authors

  • Melixanova Mubina Xamidulloxon qizi

    Namangan davlat universiteti Iqtisodiyot fakulteti, Menejment yoʻnalishi 4-kurs talabasi.
    Author
  • R.Axmedov

    Ilmiy rahbar: Turon FA akademigi
    Author

Keywords:

ta’minot zanjiri, logistika, boshqaruv evolyutsiyasi, integratsiya, raqamli transformatsiya, samaradorlik.

Abstract

Ushbu maqolada ta’minot zanjiri boshqaruvi (TZB) tushunchasi va uning zamonaviy iqtisodiy tizimdagi strategik ahamiyati yoritiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi ta’minot zanjiri boshqaruvining shakllanishi va rivojlanish bosqichlarini ilmiy tahlil qilishdan iborat. Maqolada nazariy tahlil va solishtirma yondashuv metodlari asosida logistika tizimining evolyutsiyasi, integratsiyalashgan boshqaruv konsepsiyalarining paydo bo‘lishi hamda raqamli transformatsiya jarayonlari o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, ta’minot zanjirini samarali boshqarish korxonalarda xarajatlarni optimallashtirish, resurslardan unumli foydalanish va raqobatbardoshlikni oshirishda muhim omil hisoblanadi. Tadqiqot xulosalari TZB tizimlarini takomillashtirish va innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.

Downloads

Published

2026-03-10