JASET

MAHALLIY BYUDJETLAR IJROSINI SAMARALI TASHKIL ETISHDA DAVLAT BYUDJETI BILAN O‘ZARO MUNOSABATLARNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI

Authors

  • Tursunboyev Bobur

    Bo‘stonliq tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig’i moliya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Tel : +998983601818 E-mail: boburbek0200@gmail.com
    Author

Keywords:

mahalliy byudjet, davlat byudjeti, byudjetlararo munosabatlar, transferlar, moliyaviy mustaqillik, byudjet ijrosi.

Abstract

Mazkur tezisda mahalliy byudjetlar ijrosini samarali tashkil etishda davlat byudjeti bilan o‘zaro moliyaviy munosabatlarning ahamiyati kompleks tarzda tahlil qilingan. Tadqiqotda mahalliy byudjetlarning daromad bazasini mustahkamlash, byudjetlararo transferlar, subvensiyalar va dotatsiyalarning hududlar moliyaviy barqarorligini ta’minlashdagi roli yoritilgan. Shuningdek, davlat byudjeti va mahalliy byudjetlar o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlarni tartibga soluvchi mexanizmlarning samaradorligi hamda ularning hududlarning moliyaviy mustaqilligiga ta’siri baholangan.

Tezisda mahalliy byudjetlar ijrosida yuzaga keladigan asosiy muammolar, jumladan, daromad manbalarining cheklanganligi, byudjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligining pastligi va moliyaviy intizomga rioya etishdagi kamchiliklar tahlil qilinadi. Shu bilan birga, byudjetlararo munosabatlarda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, transfer mablag‘larini taqsimlash mexanizmlarini takomillashtirish hamda mahalliy hokimiyat organlarining moliyaviy mustaqilligini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

Tadqiqot natijalari mahalliy byudjetlar ijrosining samaradorligini oshirish, hududlar o‘rtasidagi moliyaviy nomutanosiblikni kamaytirish va davlat moliya tizimining barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Downloads

Published

2026-02-11