JASET

BOBURNOMA -TARIXIY ADABIY VA MANBASHUNOSLIK MANBAI HAQIDA TUSHUNCHA

Authors

  • Ahmadbekova Ominabonu Oybek qizi

    Qo’qon Unversiteti Andijon filiali FTO ’ing 2 kurs talabasi axmadbekovaominabonu@ gmail.com (+998947000896)
    Author

Keywords:

Boburnoma, Zahiriddin Muhammad Bobur, tarixiy manba, tarixiy voqealar, davlat boshqaruvi, Temuriylar sulolasi, sarkarda, harbiy yurishlar, memuar janri, adabiy meros, she’riy tasvirlar, badiiy tasvir, madaniyat, etnografiya, iqtisodiy hayot, geografik ma’lumotlar, manbashunoslik, tarixshunoslik, madaniyatshunoslik, o‘rta asrlar tarixi

Abstract

Mazkur maqolada Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari tarixiy, adabiy va manbashunoslik manbai sifatida tahlil qilinadi. Asarda XV–XVI asrlarda Markaziy Osiyo, Afg‘oniston va Hindiston hududlarida kechgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlar, shuningdek, Bobur hayotidagi muhim voqealar yoritilgan. Maqolada asarning memuar janridagi o‘rni, badiiy xususiyatlari va tarixshunoslikdagi ahamiyati batafsil ochib beriladi. Maqolada “Boburnoma”ning tarixiy manba sifatidagi roli, undagi voqealarni xolis va tanqidiy ruhda bayon etish, Temuriylar sulolasi va u davr siyosiy kurashlari, harbiy yurishlar va davlat boshqaruvi haqidagi qimmatli ma’lumotlar tahlil qilinadi. Shuningdek, asarning adabiy jihatlari, ya’ni badiiy tasvir vositalari, tabiat va shahar manzaralari, inson xarakterini jonli ifodalash, shoirlik va falsafiy mulohazalar orqali boburiy memuar janridagi o‘rni batafsil yoritiladi.“Boburnoma”ning manbashunoslik ahamiyati ham alohida ko‘rib chiqiladi. Asar geografik, etnografik, iqtisodiy va madaniy jihatlarni o‘zida jamlagan noyob manba sifatida qadrlanadi. Bobur turli xalqlarning urf-odatlari, kiyim-kechaklari, ovqatlanish madaniyati va ijtimoiy hayotini batafsil bayon qilganligi sababli asar tarix, etnografiya va madaniyatshunoslik tadqiqotlari uchun bebaho manbadir.

Downloads

Published

2026-02-07