ZAMONAVIY TURIZM: O‘ZBEKISTONNING YANGI YO‘NALISHLARI
Keywords:
Zamonaviy turizm, O‘zbekiston turizmi, yangi yo‘nalishlar, ekoturizm, agroturizm, gastronomik turizm, ekstremal turizm, ziyorat turizmi, sog‘lomlashtirish turizmi, smart-turizm, raqamli infratuzilma, innovatsion turizm, turistik xizmatlar, turizm islohotlari, barqaror turizm rivoji.Abstract
Ushbu tezisda O‘zbekistonda zamonaviy turizmning shakllanishi va uning yangi yo‘nalishlari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. So‘nggi yillarda turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, raqamli infratuzilmaning kengayishi, xizmatlar sifatining oshishi hamda xalqaro integratsiya jarayonlari natijasida turizmning innovatsion turlari rivojlanmoqda. Tesizda ekoturizm, agroturizm, gastronomik turizm, ekstremal turizm, sog‘lomlashtirish turizmi va ziyorat turizmi kabi yo‘nalishlarning potensiali, ularning iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyati hamda hududiy rivojlanishga ta’siri yoritiladi. Shuningdek, “smart-turizm” konsepsiyasi, raqamli marketing, onlayn bron qilish tizimlari va elektron viza kabi texnologik yangiliklarning joriy etilishi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari O‘zbekistonda turizm sohasining raqobatbardoshligini oshirish va uni barqaror rivojlantirish uchun amaliy takliflar ishlab chiqishga xizmat qiladi.