PROFILAKTIKA INSPEKTORINING QONUNIY NIKOHSIZ YASHOVCHI OILALAR BILAN ISHLASHDA XOTIN-QIZLAR FAOLI BILAN HAMKORLIGI
Keywords:
qonuniy nikoh, nikohsiz yashash, oila huquqi, Oila kodeksi, xotin-qizlar huquqlari, bolalar huquqlari, otalikni belgilash, aliment, profilaktika inspektori, xotin-qizlar faoli, ijtimoiy moslashuv, mahalla–tuman tizimi.Abstract
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq qonuniy nikohsiz yashashning huquqiy maqomi hamda bunday munosabatlar natijasida yuzaga keladigan ijtimoiy-huquqiy muammolar tahlil qilingan. Nikohsiz yashash sharoitida xotin-qizlar va bolalarning huquqiy himoyasi masalalari, xususan, mulkiy munosabatlar, moddiy ta’minot, aliment va meros huquqlarining o‘ziga xos jihatlari yoritilgan. Shuningdek, nikohsiz tug‘ilgan bolalarning huquqiy maqomi va otalikni belgilash orqali ularning qonuniy huquqlarini ta’minlash mexanizmlari ko‘rib chiqilgan. Maqolada profilaktika inspektori va xotin-qizlar faoli o‘rtasidagi hamkorlikning ahamiyati ochib berilib, ular tomonidan qonuniy nikohsiz yashovchi ayollarni aniqlash, ular bilan yakka tartibda ishlash, huquqiy tushuntirishlar olib borish va qonuniy nikohga undash bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar ilmiy jihatdan asoslab berilgan.