JASET

NOORGANIK KIMYO FANINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY DIDAKTIK YECHIMLAR

Authors

  • Хolmurodova Laziza Erkinovna

    noorganik kimyo kafedrasi dotsenti v.b., PhD Qarshi davlat universiteti
    Author

Keywords:

axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, umumiy va noorganik kimyo, elektron darslik, virtual laboratoriya, interaktiv ta’lim, elektron test tizimi.

Abstract

Zamonaviy ta’lim tizimida fanlarni o‘qitish jarayonini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida tashkil etish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, umumiy va noorganik kimyo fanlarini o‘qitishda raqamli ta’lim vositalaridan samarali foydalanish o‘quv jarayonining sifatini oshirish, talabalarning mustaqil fikrlashini rivojlantirish hamda nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish imkonini beradi. Ushbu maqolada anorganik kimyoni o‘qitishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni, ularning didaktik imkoniyatlari va an’anaviy o‘qitish metodlariga nisbatan afzalliklari ilmiy jihatdan tahlil qilingan.

Downloads

Published

2026-01-30