DNK POLIMERAZALARNING BIOTEXNOLOGIK SALOHIYATI VA ULARNI O‘RGANISHDA QO‘LLANILADIGAN BIOINFORMATIK ALGORITMLAR
Keywords:
DNK-polimeraza, RNK-polimeraza, PZR, biotexnologiya, bioinformatika, sekvenirlashAbstract
Nuklein kislotalar polimerazalari tirik tizimlarda irsiy axborotni uzatish, saqlash va ifodalashda markaziy o‘rin tutadigan fermentlar hisoblanadi. So‘nggi yillarda biotexnologiya, molekulyar diagnostika, gen muhandisligi va sintetik biologiya sohalarining jadal rivojlanishi ushbu fermentlarga bo‘lgan ilmiy va amaliy qiziqishni yanada oshirdi. Ushbu maqolada NK polimerazalarning asosiy turlari, ularning biotexnologik salohiyati hamda PZR, sekvenirlash va tibbiy diagnostikadagi qo‘llanilishi yoritilgan. Shuningdek, NK polimerazalarni molekulyar va funksional darajada o‘rganishda qo‘llaniladigan zamonaviy bioinformatik algoritmlar va hisoblash usullari ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilingan.
Downloads
Published
2026-01-10
Issue
Section
Articles