SO‘ROVLAR
Keywords:
Ma’lumotlar bazasi, So‘rovlar, SELECT, INSERT, UPDATE, DELETE, Qo‘shma so‘rovlar (JOIN), Deklarativ va imperativ so‘rovlar, Optimallashtirish, Axborot tizimlari.Abstract
Ushbu maqola ma’lumotlar bazasi fanida so‘rovlar tushunchasini, ularning turlarini va amaliy ahamiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada so‘rovlar orqali foydalanuvchi ma’lumotlarni olish, filtrlash, saralash, guruhlash va tahlil qilish imkoniyatlari yoritilgan. Deklarativ va imperativ so‘rovlar, shuningdek tanlash (SELECT), kiritish (INSERT), yangilash (UPDATE), o‘chirish (DELETE) va qo‘shma (JOIN) so‘rovlarining xususiyatlari, ularning ishlash mexanizmi va optimallashtirish usullari tahlil qilingan. Annotatsiyada so‘rovlarni samarali boshqarish va optimallashtirish ma’lumotlar bazasining samaradorligini oshirishdagi ahamiyati ta’kidlangan. Maqola zamonaviy axborot tizimlarida ma’lumotlarni boshqarish va qayta ishlash jarayonlarini chuqur tushunishga yordam beradi.