TARBIYA DARSLARIDA MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYANI RIVOJLANTIRISHDA HADISLARNING TA’LIMIY-POTENSIAL AHAMIYATI
Keywords:
ma’naviy-axloqiy tarbiya, hadis, tarbiya fani, innovatsion jamiyat, yoshlar tarbiyasi, pedagogik mexanizmlar, ma’naviy meros.Abstract
Ushbu maqolada tarbiya fanida ma’naviy-axloqiy tarbiyani rivojlantirish jarayonida hadislarning ta’limiy-potensial ahamiyati ilmiy asosda tahlil qilinadi. Global jarayonlar, innovatsion jamiyat talablari va yoshlar tarbiyasini davlat siyosati darajasida qo‘llab-quvvatlash sharoitida hadislarning tarbiyaviy funksiyasi, ularning o‘quvchi-yoshlarning axloqiy fazilatlarini shakllantirishdagi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, Imom al-Buxoriy va Imom at-Termiziy merosining pedagogik ahamiyati, hadislarning “Tarbiya” fanidagi qo‘llanish imkoniyatlari hamda o‘quvchilar ma’naviy kamolotiga ta’siri ilmiy-metodik yondashuvlar asosida asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari ta’lim-tarbiyada hadislar asosida shakllantiriladigan tayanch fazilatlarning o‘quvchilar ijtimoiy-pedagogik rivojlanishiga samarali ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatadi.