JAMIYATDA NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARGA NISBATAN IJTIMOIY MUNOSABATLAR TENDENSIYALARI
Keywords:
Nogironlik, ijtimoiy munosabatlar, inklyuzivlik, stigma, stereotiplar, ijtimoiy model, biopsixososial yondashuv, ijtimoiy integratsiya, O‘zbekiston, mahalla tizimi, ijtimoiy himoya, BMT Konvensiyasi.Abstract
Mazkur maqolada jamiyatda nogironligi bo‘lgan shaxslarga nisbatan ijtimoiy munosabatlarning shakllanishi, rivojlanish tendensiyalari hamda ularni belgilovchi asosiy omillar sotsiologik jihatdan atroflicha o‘rganilgan. Maqolada nogironlikning tibbiy, ijtimoiy va biopsixososial modellari asosida nazariy yondashuvlar yoritildi, O‘zbekistonning inklyuziv siyosatga doir islohotlari, mahalla tizimi va xalqaro konvensiyalar ta’siri ko‘rsatib o‘tildi. Jamiyatdagi stereotiplar, stigma, infratuzilma to‘siqlari va iqtisodiy imkoniyatlarning nogiron shaxslarning ijtimoiy integratsiyasiga ko‘rsatadigan ta’siri empirik va nazariy manbalar asosida tahlil qilindi. Maqola nogironlikka nisbatan munosabatning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatini ochib berib, inklyuzivlik madaniyatini shakllantirish bo‘yicha ilmiy xulosalarni taklif etadi.