MOBIL ILOVALAR ORQALI OʻQUV JARAYONINI TAKOMILLASHTIRISHNING ZAMONAVIY USULARI
Keywords:
mobil ta’lim; raqamli texnologiyalar; innovatsion metodlar; reflektiv yondashuv; oʻquv motivatsiyasi.Abstract
Mazkur maqolada mobil ilovalar yordamida ta’lim jarayonini takomillashtirishning zamonaviy yondashuvlari nazariy jihatdan tahlil etilgan. Raqamli transformatsiya sharoitida mobil ta’lim (m-learning[1]) kontsepsiyasi oʻquvchilarda mustaqil oʻrganish, reflektiv fikrlash hamda hamkorlikda faoliyat yuritish koʻnikmalarini shakllantirishda muhim omil sifatida koʻrib chiqiladi. Maqolada Quizizz, Kahoot, Google Classroom, Duolingo va PhET kabi mobil platformalarning ta’limiy imkoniyatlari oʻrganilib, ular orqali dars jarayonini interaktiv tashkil etish, oʻqitish mazmunini individuallashtirish va baholash jarayonlarini optimallashtirishning nazariy asoslari yoritilgan. Shuningdek, mobil texnologiyalarni ta’lim amaliyotiga integratsiya qilishda zarur boʻlgan pedagogik shart-sharoitlar va metodik yondashuvlar muhokama qilingan. Maqola mobil ta’limning afzalliklari, cheklovlari va uni samarali joriy etish boʻyicha ilmiy-nazariy tavsiyalarni oʻz ichiga oladi.
[1] M-learning (mobil taʼlim) — bu masofaviy taʼlimning zamonaviy ko‘rinishi bo‘lib, texnologiya bilan boyitilgan faol o‘qitish shaklidir. Ushbu yondashuvda o‘quvchilar istalgan joy va istalgan vaqtda bilim olish imkoniyatiga ega bo‘lib, mobil telefonlar va boshqa portativ qurilmalar yordamida o‘rganish jarayonini tashkil etadilar.