EKOLOGIK ONGNI RIVOJLANTIRISHDA OILA VA TA’LIM MUASSASALARINING ROLI
Keywords:
Ekologik ong, ekologik tarbiya, ekologik madaniyat, oila, ta’lim muassasasi, barqaror rivojlanish, yoshlar, ekologik qadriyatlar.Abstract
Mazkur maqolada ekologik ongni shakllantirish va rivojlantirishda oila hamda ta’lim muassasalarining o‘ziga xos o‘rni tahlil etilgan. Unda ekologik tarbiyaning jamiyat barqaror rivojlanishidagi ahamiyati, yosh avlodda tabiatga mehr va mas’uliyat hissini uyg‘otishning samarali usullari yoritilgan. Oila muhitida bolaga ekologik qadriyatlarni singdirish, maktab va oliy ta’lim tizimida ekologik ta’limni modernizatsiya qilish yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, o‘quvchilarda ekologik madaniyatni oshirishda darsdan tashqari mashg‘ulotlar, loyihalar va ekologik tadbirlarning o‘rni haqida ilmiy mulohazalar bildirilgan. Maqola natijalarida ekologik ongni rivojlantirishning kompleks yondashuv asosida amalga oshirilishi barqaror kelajakni ta’minlashda muhim omil ekanligi ta’kidlanadi.