INGLIZ, NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UYUSHIQ EGA KOMPONENTLARI IFODALAGAN SINTAKSEMALARNING QIYOSIY TIPOLOGIK TAHLILI
Keywords:
uyushiq ega, sintaksema, qiyosiy tipologiya, koordinativ aloqa, subordinativ aloqa, analitik til, agglyutinativ til.Abstract
Ushbu tezis ingliz, nemis va o‘zbek tillarida uyushiq ega komponentlari ifodalagan sintaksemalarning qiyosiy-tipologik tahliliga bag‘ishlangan. Tadqiqotda uch tilning tipologik xususiyatlari — ingliz tilining analitik, nemis tilining flektiv, o‘zbek tilining agglyutinativ tuzilishi — uyushiq ega sintaksemalarining shakllanishi, bog‘lanish usullari va grammatik kelishuviga ko‘rsatadigan ta’siri o‘rganiladi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, ingliz va nemis tillarida uyushiq ega komponentlari asosan koordinativ bog‘lovchilar orqali bog‘lanib, fe’l bilan son va shaxs jihatidan kelishadi; o‘zbek tilida esa morfologik ko‘rsatkichlar va egalik affikslari orqali ifodalanadi hamda so‘z tartibida nisbatan erkinlik kuzatiladi.
References
1. Ashurov Sh.S. Sintaktik birliklar tipologiyasining noan’anaviy tahliliga doir ayrim mulohazalar // Lingua Spectrum. – 2025. – Vol. 2.
2. Tursunova N.J., Khushmonova Sh.I. Comparative Typology of Sentence Structures in English and Uzbek // CyberLeninka. – 2025.
3. Tuychiev S. Uyushiq bo‘laklarning gap tarkibida distributsiyasi // Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika. – 2025. – Special Issue – 2.
4. Uyushiq bo‘laklar — Vikipediya.