O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTIDA BOZOR MEXANIZMLARINING TAKOMILLASHUVI: NAZARIY ASOSLAR VA AMALIY YO‘NALISHLAR.
Keywords:
bozor mexanizmi, iqtisodiy islohotlar, raqobat muhit, erkin bozor iqtisodiyoti, investitsiya siyosati, davlat tartibga solishi, innovatsion rivojlanish, iqtisodiy liberallashuv, xususiy sektor, klaster tizimi.Abstract
Mazkur maqolada O‘zbekiston iqtisodiyotida bozor mexanizmlarining shakllanishi, rivojlanishi va takomillashuvi jarayonlari tahlil qilingan. Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar natijasida mamlakatda erkin bozor tamoyillariga asoslangan raqobatbardosh iqtisodiyot yaratish yo‘lida erishilgan yutuqlar va mavjud muammolar yoritilgan. Tadqiqotda 2017–2024-yillar oralig‘idagi iqtisodiy ko‘rsatkichlar, investitsiya oqimlari, xususiy sektorning YAIMdagi ulushi kabi statistik ma’lumotlarga tayangan holda amaliy yo‘nalishlar asoslab berilgan. Maqolada shuningdek, bozor mexanizmlarini takomillashtirishning asosiy ustuvor yo‘nalishlari sifatida raqamli iqtisodiyot, innovatsion klasterlar, davlat-xususiy sheriklik tizimini chuqurlashtirish taklif etiladi.