JASET

MANBASHUNOS OLIM BEGALI QOSIMOVNING NAVOIYSHUNOSLIK ILMIGA QO‘SHGAN HISSASI

Authors

  • Nurmatullayeva Zilola Xikmatilla qizi

    Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti magistri
    Author

Keywords:

navoiyshunoslik, matnshunoslik, o‘zbek mumtoz adabiyoti, Begali Qosimov, tadqiqot, matnshunos, manbashunos, shoir, asar bosh g‘oyasi, inson kamoloti, milliy til.

Abstract

mazkur maqolada o‘zbek adabiy manbashunosligining yirik namoyandasi Begali Qosimovning navoiyshunoslik sohasiga qo‘shgan ilmiy hissasi yoritilgan. Olim Alisher Navoiy asarlarini asliy manbalar asosida o‘rganib, ularning badiiy, falsafiy va umuminsoniy mazmunini chuqur tahlil etgan. Maqolaning kirish qismida filologik fanlar tizimida matnshunoslikning tutgan mavqei atroflicha yoritilgan bo‘lib, tadqiqotning asosiy qismida Begali Qosimovning Navoiy lirikasida ilgari surilgan komil inson, go‘zallik va ma’naviy kamolot g‘oyalariga bergan talqinlari tahlil qilingan. Shuningdek, olimning Navoiy ijodini millat, o‘zlik va til uyg‘unligi bilan bog‘lab o‘rganishdagi yondashuvi ilmiy asosda ko‘rsatib berilgan. Xulosa qismida Begali Qosimovning navoiyshunoslikni yangi bosqichga ko‘targan ilmiy merosi umumlashtirilgan.

Downloads

Published

2025-10-24