JASET

YOZMA NUTQ JARAYONLARINI NEYROPSIXOLINGVISTIK TAHLIL QILISHNING NAZARIY ASOSLARI

Authors

  • Karimova Shoxsanam Baxromjon qizi,

    FarDU erkin tadqiqotchisi
    Author

Keywords:

yozma nutq, neyropsixolingvistika, Broka markazi, Vernike markazi, grafemik bufer, ortografik xotira, kognitiv model, agrafiya, disgrafiya.

Abstract

Mazkur maqolada yozma nutq jarayonlarini neyropsixolingvistik yondashuv asosida tahlil qilishning nazariy asoslari yoritilgan. Yozma nutq inson tafakkurining murakkab shakli bo‘lib, u semantik, fonologik, ortografik va motor tizimlarning o‘zaro faoliyatiga tayanadi. Broka va Vernike markazlari, angular va fusiform pushtalar hamda ortografik xotira tizimlarining o‘rni neyroanatomik hamda psixolingvistik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Maqolada rus (A. R. Luriya, L. S. Vigotskiy, T. V. Axutina) va g‘arb (J. Levelt, S. Dehaene, B. Rapp) olimlarining ilmiy yondashuvlari qiyosiy tahlil etilgan. Tadqiqot yozma nutqni idrok etish, rejalashtirish va bajarish jarayonlarida miyaning funksional tizimlarini aniqlashga yo‘naltirilgan.

Downloads

Published

2025-10-21