JASET

G'URURIMSAN, FAXRIMSAN-ONA TILIM !

Authors

  • Xo’jamova Namunaxon Xalidjanovna

    IIV Andijon akademik litseyi o’qituvchisi
    Author

Keywords:

ona tili, milliy o‘zlik, madaniy meros, qadriyat, globallashuv, ma’naviyat, ta’lim, jamiyat.

Abstract

mazkur maqolada ona tilining milliy o‘zlikni shakllantirish va saqlashdagi o‘rni hamda ahamiyati yoritilgan. Ona tili xalqning tarixiy xotirasi, ma’naviy qadriyatlari va madaniy merosini avloddan avlodga yetkazuvchi asosiy vosita hisoblanadi. U millatning birligini mustahkamlaydi, madaniy an’analarini asrab-avaylaydi va yosh avlodda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantiradi. Tilga e’tibor — bu millatning kelajagiga e’tibordir. Bugungi globallashuv jarayonida ona tilining nufuzi va ahamiyatini oshirish, uni ilm-fan, ta’lim va madaniyat sohalarida keng qo‘llash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, maqolada ona tilini rivojlantirishning pedagogik, ma’naviy va ijtimoiy jihatlari ilmiy asosda tahlil qilingan.

Downloads

Published

2025-10-19