IJTIMOIY TARMOQLAR
Keywords:
ijtimoiy tarmoqlar, mobil qurilmalar, “Insta manqurtlik”, axborot texnologiyalari, onlayn savdo, kiberxavfsizlik, sog‘liq uchun xavflar, yoshlar tarbiyasi, blogerlik, shaxsiy javobgarlik.Abstract
Maqolada zamonaviy axborot texnologiyalari va ommaviy axborot vositalarining hayotimizdagi o‘rni tahlil qilinadi. Mobil qurilmalar va ijtimoiy tarmoqlar insonlarga tezkor axborot olish, masofaviy xizmatlardan foydalanish, onlayn savdo va reklama imkoniyatlarini yaratgani ta’kidlanadi. Shu bilan birga, ularning salbiy oqibatlari – yoshlar ongiga zararli ta’siri, vaqtning samarasiz sarflanishi, kiberxavfsizlik muammolari va inson salomatligiga bo‘lgan salbiy ta’sirlari haqida ham fikr yuritiladi. Muallif “Insta manqurtlik” sindromi orqali ijtimoiy tarmoqlarga qaramlik xavfini yoritib, inson iroda va ongli foydalanish orqali bu muammolardan chiqib ketishi mumkinligini ta’kidlaydi. Maqola yakunida texnologiyalarni to‘g‘ri va maqsadli ishlatish, shaxsiy javobgarlikni sezish va jamiyatda islohotlarni o‘zimizdan boshlash zarurligi xulosa qilinadi.