BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING 4 K MODELI ASOSIDA KREATIV FIKRLASHINI RIVOJLANTIRISH
Keywords:
boshlang‘ich sinflar, kreativ fikrlash, ta'lim, ko‘nikmalar, pedagogik texnologiyalar, kritik fikrlash, kommunikatsiya, kollaboratsiya, ijodiy fikrlash.Abstract
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining 4K modeli asosida kreativ fikrlashini rivojlantirish zamonaviy ta’limning eng muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston ta’lim tizimida yangi metod va jarayonlarni samarali joriy qilish, bolalarda mustaqil va ijodiy fikrlashni shakllantirish, ularda hozirgi zamon talablari asosida o‘zini namoyon qilish imkonini beradigan ko‘nikmalarni rivojlantirish dolzarb ahamiyatga ega. 4K modeli – ya’ni kritik fikrlash, kommunikatsiya, kollaboratsiya va kreativlik – bugungi kunda eng asosiy kompetensiyalar sifatida qaralmoqda. Mazkur model bo‘yicha o‘qituvchilar o‘z darslarini tashkil qilish jarayonida an’anaviy metodik yondashuvlardan ko‘ra, o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan hamda har bir bolaning individual imkoniyatlarini inobatga oladigan strategiyalardan foydalanishga intilishadi.