JASET

ABDULLA AVLONIY VA MAHMUDXO‘JA BEHBUDIY PEDAGOGIK QARASHLARINING ZAMONAVIY TA’LIM METODIKASIGA TA’SIRI

Authors

  • Roziqova Sitorabonu Ne’matovna

    Buxoro innovatsiyalar universiteti tuyutori
    Author

Keywords:

Abdulla Avloniy, Mahmudxo‘ja Behbudiy, jadid pedagogikasi, zamonaviy ta’lim metodikasi, kompetensiyaviy yondashuv, milliy qadriyatlar, mustaqil fikrlash, vatanparvarlik tarbiyasi.

Abstract

Abdulla Avloniy va Mahmudxo‘ja Behbudiy o‘z davrining yirik ma’rifatparvarlari sifatida o‘zbek pedagogik tafakkurida chuqur iz qoldirgan. Ularning pedagogik qarashlari ta’limni yangilash, milliy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirish va zamonaviy bilimlarni o‘quv jarayoniga tatbiq etishga qaratilgan edi. Avloniy “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida tarbiya va axloq masalalarini jamiyat taraqqiyotining asosiy omili sifatida talqin qilsa, Behbudiy yangi usul maktablari orqali o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, mustaqil fikrlash va vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirishga e’tibor qaratdi. Bugungi kunda O‘zbekiston ta’lim tizimida qo‘llanilayotgan kompetensiyaviy yondashuv, interfaol metodlar, tarbiyani ta’lim bilan uyg‘unlashtirish tamoyillari Avloniy va Behbudiy qarashlari bilan uyg‘unlashadi. Demak, ularning pedagogik merosi zamonaviy ta’lim metodikasiga bevosita ta’sir ko‘rsatib, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq, mustaqil fikrlovchi shaxs sifatida shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Downloads

Published

2025-09-16