O’QUVCHILARNING BOSHLANG’ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA TANQIDIY FIKRLASH KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH: NAZARIY VA AMALIY YONDASHUVLAR
Keywords:
• Tanqidiy fikrlash • Boshlang'ich sinf • Matematika • Mantiqiy fikrlash • Tahlil qilish • Masalalarni hal qilish • O'quvchilarni rivojlantirish • Pedagogik metodlar • Guruh ishlari • Muammolarni hal qilish • O'qituvchilar malakasi • O'quvchilarning motivatsiyasi • Yangi pedagogik yondashuvlar • Ta'lim jarayoniAbstract
Mazkur maqola boshlang'ich sinf matematika darslarida o’quvchilarning tanqidiy fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirishning metodik yondashuvlari va ularning ta'limdagi ahamiyatini o'rganishga bag'ishlangan. Tanqidiy fikrlash, o'quvchilarni mantiqiy fikrlashga, tahlil qilishga, va muammolarni samarali hal qilishga o'rgatadi. Matematika fani o'zining tizimli va mantiqiy asoslari bilan bu ko'nikmalarni rivojlantirish uchun eng samarali vosita hisoblanadi. Ushbu maqolada matematika darslarida tanqidiy fikrlashni rivojlantirish uchun qo'llaniladigan turli metodlar, masalan, masalalarni tahlil qilish, guruh ishlari va savollar orqali o'quvchilarni fikrlashga undash kabi yondashuvlar keltirilgan. Shuningdek, tanqidiy fikrlashni rivojlantirishning o'quvchilar uchun foydalari va pedagogik amaliyotda duch kelinadigan qiyinchiliklar ham muhokama qilingan. Maqola, boshlang'ich sinfda matematika darslarining sifatini oshirish va o'quvchilarda mustaqil fikrlashni shakllantirish uchun zarur metodologik tavsiyalarni taqdim etadi.