SUN’IY INTELLEKTNING TIL O‘RGANISH JARAYONIDA TUTGAN O‘RNI VA AHAMIYATI
Keywords:
sun’iy intellekt, til o‘rganish, chet tili ta’limi, ChatGPT, Duolingo, grammatik xatolar, interaktiv suhbat, tarjima tizimlari, individual yondashuv, ta’lim innovatsiyalari.Abstract
Mazkur maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining til o‘rganish jarayonida tutgan o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. So‘nggi yillarda ta’lim sohasida yuzaga kelayotgan innovatsion yondashuvlar, xususan, ChatGPT, Duolingo, Grammarly va boshqa AI asosidagi platformalar chet tilini o‘rgatish va o‘rganishda samarali vosita sifatida qaralmoqda. Sun’iy intellekt o‘quvchilarga individual yondashuvni ta’minlash, talaffuz, lug‘at boyligini kengaytirish, grammatik xatolarni aniqlash va tuzatishda yordam berishi bilan birga, an’anaviy o‘qitish usullarini ham to‘ldiradi. Shuningdek, AI texnologiyalari real vaqtli tarjima, interaktiv suhbat va immersiv muhit orqali til o‘rganishni yanada qiziqarli va samarali qiladi. Tadqiqotda sun’iy intellektning afzalliklari, imkoniyatlari hamda ayrim cheklovlari haqida ham fikr yuritiladi.