JASET

“FASOHAT MULKINING SULTONI” DA INSON OBRAZI

Authors

  • Aziza Sherqo‘ziyeva

    Mustaqil tadqiqotchi
    Author

Keywords:

inson, sarvar, adabiy obraz, fasohat, komillik, ma’rifat, ruhiy dunyo, til va nutq, ma’naviy markaz

Abstract

Ushbu maqolada navoiyshunos olim Botirxon Akramovning “Fasohat mulkining sultoni” monografiyasi asosida Alisher Navoiyning badiiy merosida inson obrazining talqini tahlil etiladi. Asarda inson — borliqdagi eng muqaddas mavjudot, ma’rifatga intiluvchi, komillik sari harakatlanuvchi ruhiy va tafakkuriy salohiyat egasi sifatida yoritiladi. Tadqiqotda til, nutq va fasohat tushunchalari markaziy o‘rin tutib, inson obrazining ma’naviy va badiiy ko‘rinishi, shuningdek, axloqiy mas’uliyati ochib beriladi. Botirxon Akramov Navoiy she’riyati orqali insonni “sarvar” darajasiga ko‘targan, uning ruhiy yuksalishi va ijtimoiy nurlanishini badiiy-falsafiy mezonlar asosida tahlil qilgan. Tadqiqot bu g‘oyaning zamonaviy ma’naviy jarayondagi ahamiyatiga ham e’tibor qaratadi.

Downloads

Published

2025-08-23