JASET

MAKTABGACHA TAʼLIM TIZIMIDA INNOVATSION METODLARNING QOʻLLANILISHI: SAMARADORLIK VA ISTIQBOLLAR

Authors

  • Berdiyeva Muxabbat Meyliyevna

    Termiz davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta'lim kafedrasi professori
    Author

Keywords:

maktabgacha taʼlim, innovatsion metodlar, interfaol texnologiyalar, STEAM yondashuvi, didaktik o‘yinlar, loyiha asosida taʼlim, bolalar rivoji, tarbiyachi faoliyati, zamonaviy pedagogika, raqamli vositalar, ta’lim samaradorligi

Abstract

Ushbu maqolada maktabgacha taʼlim tizimida innovatsion pedagogik metodlardan foydalanishning amaliy samaradorligi va istiqbollari atroflicha tahlil qilinadi. Bugungi globallashuv va raqamli texnologiyalar asrida taʼlim-tarbiya jarayoni ham o‘zgarib bormoqda. Shu bilan birga, maktabgacha yoshdagi bolalarning ehtiyojlari, ularning psixofiziologik xususiyatlari, bilim olishga bo‘lgan tabiiy qiziqishlari bu bosqichda interfaol va innovatsion metodlardan samarali foydalanishni taqozo etadi. Tadqiqot davomida maktabgacha taʼlim muassasalarida keng qo‘llanilayotgan zamonaviy metodlar — loyiha asosida taʼlim, interfaol o‘yin texnologiyalari, STEAM yondashuvi, multimediali va vizual vositalardan foydalanish, didaktik o‘yinlar asosida o‘qitish kabi yondashuvlar tahlil qilinadi. Mazkur metodlarning bolalarning tafakkurini rivojlantirish, mustaqil fikrlash, jamoada ishlash, ijodkorlik va muloqot ko‘nikmalarini shakllantirishdagi o‘rni empirik kuzatuvlar va so‘rovlar asosida baholanadi. Maqolada shuningdek, innovatsion metodlarni amaliyotga tadbiq etishda duch kelinayotgan muammolar, tarbiyachilarning metodik tayyorgarligi, texnik vositalar bilan taʼminlanganlik darajasi va ota-onalar bilan hamkorlik masalalari ham ko‘rib chiqiladi. Tahlil natijalariga ko‘ra, innovatsion metodlar maktabgacha ta’lim sifati va mazmunini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi. Kelgusida bu yo‘nalishda kompleks yondashuv, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni uzluksiz takomillashtirish va tarbiyachilar malakasini oshirish orqali natijadorlikni yanada oshirish mumkin.

Downloads

Published

2025-08-21