E’TIQODGA ASOSLANGAN OTA-ONALIK: DINIY OILALARDA TUNGI ODATLARNING SOTSIO-PRAGMATIK QIYOSIY TAHLILI
Keywords:
E’tiqodga asoslangan ota-onalik, diniy nutq, axloqiy nutq pragmatikasi,tungi odatlar, muqaddas matnlar, Qur’on, Injil,Tora, ijtimoiy tilshunoslik, madaniyatlararo pragmatika.Abstract
Zamonaviy globallashuv sharoitida axloqiy tarbiya masalasi har bir jamiyatning diqqat markazida turibdi. Ayniqsa, diniy qadriyatlarga tayangan oilalarda axloqiy me'yorlar bola ongiga ko‘pincha tilda ifodalangan muqaddas matnlar orqali singdiriladi. Qur’on, Injil va Tora — uch muhim muqaddas manba sifatida — ota-onalar tomonidan tungi odatlar, duo qilish, nasihatlar, gunohdan kechirim so‘rash yoki baraka tilash kabi odatlarda til vositasida faol qo‘llaniladi. Shu jihatdan til oddiy aloqa vositasi bo‘lib qolmay, balki diniy-mafkuraviy qadriyatlarning kodlovchi tizimi sifatida namoyon bo‘ladi.
Ingliz sotsiologi Basil Bernstein tilni tarbiya va ijtimoiy nazoratning markaziy vositasi sifatida ko‘rgan bo‘lsa[1], tilshunos James Paul Gee esa uni shaxsning “asosiy diskursi”ni shakllantiruvchi resurs deb hisoblaydi[2]. Xuddi shunday yondashuvni yahudiy pedagogikasi ham ilgari suradi — bunda Tora oyatlari kechki duolar va nasihatlar orqali avloddan-avlodga o‘tuvchi til vositasiga aylanadi[3].
Ushbu maqola aynan Qur’on, Injil va Tora asosida shakllangan diniy ota-onalik til strategiyalarini — ya’ni duo, maslahat, buyruq va kechirim so‘rash uslublarini — taqqoslovchi sotsio-pragmatik tahlilga bag‘ishlanadi. Tadqiqotda shuningdek, shahar va qishloq hududlarida bu nutqiy odatlarning qanday farqlanishi, kimlar tomonidan qanday uslubda qo‘llanishi ham tahlil qilinadi
[1] Bernstein, B. (1971). Class, Codes and Control: Volume 1 Theoretical Studies Towards a Sociology of Language. London: Routledge.
[2] Gee, J. P. (1996). Social Linguistics and Literacies: Ideology in Discourses. London: Taylor & Francis.
[3] Neusner, J. (1993). The Study of Torah: Jewish Theology and Practice. Albany, NY: SUNY Press.