JASET

O‘ZBEKISTONDA SHISHA CHIQINDILARIDAN QURILISH MATERIALLARI OLISH IMKONIYATLARI

Authors

  • Jololdinov Muxammadamin Shukrullo o‘g‘li

    Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabasi.
    Author
  • Erkinov Farrux Botir o‘g‘li

    Toshkent kimyo-texnologiya instituti dotsenti
    Author

Keywords:

shisha chiqindisi, qayta ishlash, ko‘pikli shisha, qurilish materiallari.

Abstract

Ushbu maqolada Ozbekiston hududida hosil bolayotgan shisha chiqindilari miqdori va ularning qayta ishlanish darajasi tahlil qilinadi. Rasmiy statistikaga kora, mamlakatda har yili taxminan 408 ming tonna shisha chiqindisi yuzaga keladi, biroq shundan atigi 9 foizi, yani 37 ming tonnaga yaqini qayta ishlanmoqda. Bu holat mavjud resurslarning yetarlicha samarali ishlatilmayotganini korsatadi. Maqolada shisha chiqindilarining ekologik va iqtisodiy ahamiyati, ularni qayta ishlash orqali yangi mahsulotkopikli shisha asosidagi qurilish materiallari olish imkoniyatlari yoritildi. Maqolaning asosiy maqsadi shisha chiqindisidan foydalanishni kengaytirish orqali chiqindilarni kamaytirish, resurslarni tejash va barqaror sanoat rivojlanishiga hissa qoshishdir.   

Downloads

Published

2025-07-18