INGLIZ TILI O`RGANUVCHILARI ORASIDA GAPIRISH KO`NIKMASINI SHAKLLANTIRISHDA “SHADOWING” TEXNIKASINI QO`LLASH
Keywords:
shadowing, texnika, imitating, taqlid qilish, protsessual, gapirish, ko’nikma, transkript, subtitr, talaffuz.Abstract
Har bir sohada yetuk mutaxassis bo'lish uchun qo'shimcha jahon darajasidagi tilni bilish borogan sari talab darajasiga aylanmoqda. Bu o'z o'rnida rivojlanish, taraqqiy etishning kaliti bo`lib qolmoqda. Ana shu yo`lda keng miqyosda o'rganilayotgan jahon tili ingliz tilidir. Albatta, har bir til muloqot manbai sifatida xizmat qilgani uchun ingliz tilida ham gapirish ko'nikmasini egallash muhim. Boisi u turli yo'nalish va maqsadlarda ma’lumot, axborot va qimmatli tajriba almashinuviga asos bo`ladi. Mazkur maqolada ingliz tilida gapirish ko'nikmasini rivojlantirishni bir qadar yengillashtiruvchi “shadowing” texnikasini to`g`risida so`z boradi. Tinglash va takrorlash kabi soda jarayonlardan iborat bo`lgan “shadowing” til o'rganuvchilari uchun intensiv usul sifatida yoritiladi. Ushbu texnikani qo'llash bo'yicha samarali bosqichlarga urg'u beriladi. Bu texnika Yaponiyada EFL (English as a Foreign Language) kontekstida keng qo'llaniladi. Shunga o'xshash tajriba va statistikalar maqolada yoritilgan bo'lib, ular “shadowing” texnikasidan unumli foydalanuvchi Yaponiya hamda boshqa davlatlarning amaliy tizimini mamlakatimizda ham qo'llanilishi va natija berishiga xizmat qiladi.