KRIPTOVALYUTALAR VA ULARNING MOLIYAVIY TIZIMDAGI AHAMIYATI
Keywords:
Kriptovalyutalar, moliyaviy tizim, blokcheyn, markazlashmagan moliyaviy tranzaksiyalar, raqamli valyuta, kriptografiya, moliyaviy xavfsizlik, pul yuvish siyosati.Abstract
Ushbu maqolada kriptovalyutalar va ularning zamonaviy moliyaviy tizimdagi roli tahlil qilinadi. Tadqiqotda blokcheyn texnologiyasi asosida ishlovchi markazlashmagan raqamli valyutalar moliyaviy tranzaksiyalarni soddalashtirish, xarajatlarni kamaytirish va moliyaviy inklyuziyani oshirish kabi afzalliklari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, kriptovalyutalarning investitsiya vositasi sifatidagi o‘rni va moliyaviy xavfsizlikka ta’siri o‘rganildi. Kriptovalyutalarning narx o‘zgaruvchanligi, regulyatorlar tomonidan tartibga solishdagi qiyinchiliklar va potentsial xavflar ham muhokama qilinib, ularning barqaror moliyaviy tizim shakllanishidagi o‘rni yoritildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, kriptovalyutalar moliyaviy xizmatlar sohasida yangi imkoniyatlar yaratish bilan birga, ularni samarali boshqarish uchun huquqiy va texnologik chora-tadbirlar talab etiladi.