JASET

“TURKIY DUNYO IQTISODIYOTIDA INTEGRATSIYA VA TAFOVUTLAR: ZAMONAVIY YO‘NALISHLAR VA MILLIY STRATEGIYALAR”

Authors

  • Egamberdiyev Muzaffar

    Alfraganus University Iqtisodiyot fakulteti Dotsent v.b. (PhD)
    Author
  • Qodirov Abubakr Nodirxon o‘g‘li

    Alfraganus University Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar) yo‘nalishi 1- bosqich talabasi
    Author

Keywords:

Turkiy dunyo, Tarixiy ildiz, madaniy meros, til birligi, iqtisodiy model, integratsiyaga.

Abstract

Ushbu ilmiy tezisda Turkiy dunyo tushinchasining bugungi kundagi o‘rni va Turkiy dunyoning birlashuvi, uning istiqbollari va kelajakdagi birlik yo‘li muhokama qilinadi. Bugungi mustaqil Turkiy davlatlar jumladan, Turkiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Ozarbayjonning iqtisodiy modellari ko‘rib chiqiladi. Turkiy dunyo deb ataluvchi geosiyosiy makon — Turkiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Ozarbayjon kabi davlatlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu davlatlar tarix, til va madaniyatda umumiy ildizlarga ega bo‘lsalar-da, ularning iqtisodiy taraqqiyot darajalari, resurs bazasi va tashqi iqtisodiy aloqalari keskin farq qiladi. Bugungi global iqtisodiy muhitda bu davlatlarning iqtisodiy integratsiyasi ko‘p tomonlama manfaatlar keltirishi mumkin. Ushbu tezisda har bir davlatning iqtisodiy salohiyati, asosiy tarmoqlari, tashqi aloqalari  alohida tahlil qilinadi

Downloads

Published

2025-06-14