AHLI SUNNA MAZHABLARI ORASIDA NIKOHGA OID HUKMLARDA URFNING O‘RNI
Keywords:
urf ,nikoh,mahr,fiqh , Imom abu HanifaAbstract
Urf islomiy usul va fiqh ilmlarida jamiyat ahli tomonidan gap yoki amal tarzida odat tusiga kirgan, majburiy qoida sifatida e’tirof etilgan hodisadir. Bu hodisa aniqlangan amal, uning takrori va keng tarqalishi hamda ixtiyoriy ravishda bajarilishi kabi uchta unsurning yig‘indisidan tarkib topadi. Urf aql-idrok, zarurat va manfaat, vahiy, hukmdorlar hukmronligi hamda shaxsiy maqsadlar kabi omillar ta’sirida yuzaga keladi.
To‘g‘ri va barcha shartlarga javob beradigan nikoh akdi ikki tomon uchun huquq va majburiyatlar sababiga aylanadi. Jumladan, erkak tomonidan ayolga mehr to‘lash majburiy bo‘ladi. Mehr nikoh aqdi bilan er zimmasiga tushadigan moliyaviy majburiyat bo‘lib, darhol to‘lanadigan (mu’ajjal) va kechiktirilgan (muvaqqat) turlarga bo‘linadi. Mehrning maksimal miqdori belgilanmagan, lekin minimal miqdorida ixtilof bor. Mehrning miqdorini urf belgilaydi. Mehrning vojib bo‘lishi Qur’on, Sunnat va ijmo’ bilan sobit bo‘lgan.