DINIY E’TIQOD VA SHAXS IDENTIKLIGINI O‘RGANISHNING EVOLYUTSION HAMDA IJTIMOIY PSIXOLOGIK ASOSLARI
Keywords:
Diniy e’tiqod, diniy identiklik, evolyutsion psixologiya, ijtimoiy psixologiya, madaniy uzatish, koevolyutsiya, o‘zini anglash, guruhga mansublik, diniy tajriba.Abstract
Tezisda diniy e’tiqod va shaxsning diniy identikligi evolyutsion hamda ijtimoiy-psixologik yondashuvlar asosida nazariy tahlil qilinadi. Dinning moslashuv, madaniy uzatish va guruhiy hamkorlik bilan bog‘liq talqinlari shaxsning o‘zini anglashi, mansublik hissi va hayotiy ma’no izlash jarayonlari bilan qiyoslanadi. Genlar va madaniyat koevolyutsiyasi, memetik yondashuv hamda diniy identiklikning ko‘p o‘lchovli tuzilishi haqidagi qarashlar umumlashtiriladi. Qiyosiy tahlil natijasida diniy hodisalarni o‘rganishda tushunchalarni aniqlashtirish, tahlil darajalarini farqlash va nazariy taxminlarni empirik tekshirish zarurati asoslanadi.
Downloads
Published
2026-11-05
Issue
Section
Articles