JASET

SANOAT KORXONALARI MUHOFAZA HUDUDLARIDA TUPROQ MONITORINGINI TASHKIL ETISHNING EKOLOGIK AHAMIYATI

Authors

  • Tuxtamisheva Farangiz

    Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Atrof muhit muhandisligi va hayot faoliyati xavsizligi kafedrasi Atrof muhit muhandisligi 2-bosqich magistranti
    Author

Keywords:

tuproq monitoringi, sanoat korxonasi, muhofaza hududi, ekologik monitoring, tuproq namunasi, konvert usuli, shamol yo‘nalishi, tuproq pH, antropogen ta’sir.

Abstract

Ushbu maqolada sanoat korxonalari muhofaza hududlarida tuproq monitoringini tashkil etishning ekologik ahamiyati yoritilgan. Sanoat faoliyati natijasida tuproq qoplamining fizik-kimyoviy xususiyatlari o‘zgarishi, turli ifloslantiruvchi moddalar bilan zararlanishi hamda tuproq muhitining tabiiy holati buzilishi mumkin. Shu sababli sanoat hududlari va ularga tutash muhofaza hududlarida tuproq holatini muntazam kuzatib borish muhim ekologik nazorat vositasi hisoblanadi. Ishda tuproq monitoringining asosiy vazifalari, kuzatuv nuqtalarini tanlash, tuproq namunalarini olish, laboratoriya tahlillarini tashkil etish va natijalarni ekologik baholash masalalari tahlil qilingan. Tadqiqot metodikasida shamol yo‘nalishi hisobga olingan holda korxona atrofida to‘rtta namuna olish nuqtasini belgilash va ular orasidagi masofani 50 metr qilib olish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, tuproq pH ko‘rsatkichidan monitoring jarayonida foydalanishning ahamiyati ko‘rib chiqilgan.

Downloads

Published

2026-11-05