BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI KREATIV O‘QISH MADANIYATINI SUN’IY INTELLEKT VOSITALARI ASOSIDA RIVOJLANTIRISH USULLARI
Keywords:
kreativ o‘qish madaniyati, sun’iy intellekt, generativ SI, boshlang‘ich ta’lim, didaktik imkoniyatlar, adaptiv o‘qish, ijodiy tafakkur, interaktiv o‘qish.Abstract
Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kreativ o‘qish madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishda sun’iy intellekt (SI) vositalaridan foydalanishning pedagogik-didaktik imkoniyatlari chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi – generative SI texnologiyalari (ChatGPT, Gemini, Claude, Amira Learning, DALL·E va boshqalar) asosida o‘quvchilarning matnni qayta hikoyalash, ijodiy davom yozish, obrazli tafakkur, metaforalarni talqin qilish, assotsiativ fikrlash va mustaqil talqin qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishning samarali usullarini ishlab chiqish va empirik asoslashdan iborat. IMRAD tuzilmasi asosida olib borilgan tadqiqotda nazariy tahlil, pedagogik kuzatuv, so‘rovnoma, intervyu, tajriba-sinov va statistik usullar qo‘llanildi. Natijalar SI vositalarining shaxsga yo‘naltirilgan, adaptiv va interaktiv o‘qish muhitini yaratishda yuqori samaradorlikka ega ekanligini ko‘rsatdi. Maqolada amaliy tavsiyalar, metodik model va istiqbolli yo‘nalishlar taklif etiladi.