JASET

ZAMONAVIY REMIKSERLARNING TURLARI, TEXNOLOGIK IMKONIYATLARI VA SAMARADORLIGI

Authors

  • Amanova Nozima Shavkatovna

    Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti amanovanozima@tdmau.uz
    Author

Keywords:

avtomobil yo‘li, ta’mirlash jarayoni, regeneratsiya, zamonaviy, remikseri, Repaver, FRP 300 va FRP 600, FRP 1000 Mini Remixer, Remixer 2500 va Remixer 4500.

Abstract

Asfaltbeton qoplamasini regeneratsiya qilishning asosiy mohiyati eskirgan asfalt materialini qayta ishlab, uning xususiyatlarini tiklash va yangi qoplama tarkibida takroran foydalanishdan iborat. Issiq va sovuq regeneratsiya usullari yo‘lning texnik holati, qoplama konstruksiyasi hamda mavjud nuqsonlarning xususiyatiga qarab tanlanadi. Ayniqsa, issiq usulda joyida regeneratsiya qilish mavjud asfalt materialini bevosita yo‘lning o‘zida qayta ishlash imkonini beradi. Regeneratsiya jarayonida remikserlar muhim o‘rin tutadi. Ular oldindan qizdirilgan asfaltbeton qatlamini yumshatish va qayta ishlash, zarur hollarda regeneratsiyalovchi qo‘shimchalar hamda yangi asfalt materiallarini qo‘shish, aralashtirish va hosil bo‘lgan aralashmani qayta yotqizish uchun xizmat qiladi. Shu tariqa bir nechta texnologik operatsiyalar o‘zaro bog‘langan holda amalga oshiriladi.

Downloads

Published

2026-11-05