JASET

TUPROQ SHO‘RLANISHINI BAHOLASH VA XARITALASHDA ELEKTROMAGNIT INDUKSIYA HAMDA MASOFAVIY ZONDLASH TEXNOLOGIYALARINING QO‘LLANILISHI: ILMIY TADQIQOTLAR SHARHI

Authors

  • Qurolova Lobar Sultanboyevna

    Urganch davlat Universiteti tayanch doktaranti
    Author

Keywords:

tuproq sho‘rlanishi, elektromagnit induksiya, EMI, EM38, Sentinel-2, masofaviy zondlash, elektr o‘tkazuvchanlik, GIS, mashinali o‘rganish.

Abstract

Mazkur tezisda sug‘oriladigan hududlarda tuproq sho‘rlanishini baholash va xaritalashda elektromagnit induksiya (EMI) hamda masofaviy zondlash texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilingan. Xususan, EM38 qurilmasi yordamida tuproqning ko‘rinma elektr o‘tkazuvchanligini (ECa) aniqlash, Sentinel-2 sun’iy yo‘ldoshi ma’lumotlari asosida spektral indekslarni hisoblash va geografik axborot tizimlarida (GIS) fazoviy xaritalar yaratish usullarining ilmiy ahamiyati ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, ushbu ma’lumotlarni mashinali o‘rganish algoritmlari bilan birlashtirishning afzalliklari, mavjud cheklovlari va istiqbollari yoritilgan.

Downloads

Published

2026-11-04