ONA TILI DARSLARIDA SO‘Z YASALISHINI O‘QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
boshlang‘ich ta’lim, ona tili, so‘z yasalishi, so‘z tarkibi, o‘zak, qo‘shimcha, lingvistik kompetensiya, interfaol metodlar, nutq rivoji, metodik takomillashtirish.Abstract
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf ona tili darslarida so‘z yasalishini o‘qitish metodikasini takomillashtirishning nazariy va didaktik asoslari tahlil qilinadi. So‘z yasalishini o‘rgatish jarayonida o‘quvchilarning so‘z tarkibi, o‘zak va qo‘shimchalar, so‘z yasovchi hamda shakl yasovchi qo‘shimchalar haqidagi bilimlarini izchil shakllantirish masalalariga e’tibor qaratiladi. Maqolada ilmiy-pedagogik adabiyotlarni tahlil qilish, qiyoslash, umumlashtirish va metodik modellashtirish usullaridan foydalanildi. Tahlil asosida so‘z yasalishini o‘rgatishda kontekstual yondashuv, so‘z yasash modellari, muammoli topshiriqlar, didaktik o‘yinlar va ijodiy nutq mashqlarini uyg‘unlashtirishga qaratilgan metodik takliflar ishlab chiqildi. Shuningdek, 1–4-sinflarda o‘quv materialini yosh xususiyatlari va mavjud bilimlar darajasiga mos ravishda bosqichma-bosqich tashkil etish tamoyillari yoritildi.