CHET TILLARINI OʼRGANISH JARAYONIDA YOSHLAR DUCH KELADIGAN PSIXOLOGIK TOʼSIQLAR : OMMAVIY NUTQ QOʼRQUVINI YENGISH YOʼLLARI
Keywords:
kommunikativ xavotir, til toʼsigʼi, nutq madaniyati, metodik yondashuv, psixologik toʼsiqlar, mukammallik singdromi, nutqiy kompetensiya.Abstract
Globallashuv davrida chet tillarini bilish yoshlar uchun ta’lim, kasb va xalqaro muloqotda muhim imkoniyatga aylandi. Shunga qaramay, ko‘plab yoshlar grammatika va lug‘atni yaxshi bilsa-da, auditoriya oldida gapirish vaqtida jim qolishadi. Bu muammo faqat bilim yetishmasligi bilan emas, balki psixologik to‘siqlar bilan ham bog‘liq bo‘lgani uchun uni o‘rganish chet tilini o‘qitish samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada yoshlarning chet tilini o‘zlashtirish jarayonida duch keladigan kommunikativ xavotir, xato qilishdan qo‘rqish, talaffuz va so‘z boyligiga ishonchsizlik hamda ommaviy nutq qo‘rquvining psixologik va lingvistik sabablari tahlil qilinadi. Shuningdek, til to‘sig‘ining shakllanishiga ijtimoiy-madaniy ta’sirlar, jumladan "mukammal gapirish kerak" degan qarash ham ko‘rib chiqiladi. Qo‘rquvni yengish, o‘ziga ishonchni oshirish va erkin muloqotni shakllantirishga qaratilgan amaliy strategiyalar hamda metodik yondashuvlar taklif etiladi.