JASET

AYOLLAR DELINKVENT XULQ-ATVORINING SHAKLLANISHIDA OILAVIY MUHITNING TA’SIRI

Authors

  • Xolmurotova Shoxista

    Termiz iqtisodiyot va servis universiteti “Pedagogika va texnologik ta’lim” kafedrasi v.b dotsenti
    Author

Keywords:

delinkvent xulq-atvor, ayol shaxsi, oilaviy muhit, ijtimoiylashuv, ijtimoiy-psixologik determinantlar, tarbiya uslubi, ota-ona nazorati, oilaviy munosabatlar, emotsional qo‘llab-quvvatlash, profilaktika.

Abstract

Mazkur maqolada ayollar delinkvent xulq-atvorining shakllanishida oilaviy muhitning ijtimoiy-psixologik determinant sifatidagi o‘rni tahlil qilinadi. Delinkvent xulq-atvorning yuzaga kelishi biologik yoki individual-psixologik xususiyatlar bilangina emas, balki shaxsning dastlabki ijtimoiylashuv muhiti, oiladagi emotsional munosabatlar, tarbiya uslubi, ota-ona nazorati, oilaviy nizolar, psixologik qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar bilan ham bog‘liq murakkab ko‘p omilli jarayon sifatida talqin etiladi. Maqolada oilaviy muhitning ayol shaxsining qadriyatlar tizimi, ijtimoiy me’yorlarni o‘zlashtirishi, o‘z-o‘zini nazorat qilish va nizoli vaziyatlarga munosabat bildirish strategiyalariga ta’sir mexanizmlari yoritiladi. Shuningdek, ayollar delinkvent xulq-atvorining profilaktikasida oilaviy munosabatlarni sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilgan ijtimoiy-psixologik yondashuvlarning ahamiyati asoslanadi.

Downloads

Published

2026-09-25